
Super transfer yaqin. Messi bilan o‘ynash ishtiyoqi uni “Barsa”ga etakladi
“Yuventus” yarim himoyachisi Miralem Pyanich Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi. Mohir futbolchi “Barselona” rahbariyati bilan shaxsiy shartnomasi shartlarini kelishib olgan.
Bosniyaning eng mashhur futbolchilaridan bo‘lgan Pyanich argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi bilan birga to‘p surish uchun “Barselona” taklifini qabul qildi. Chunki PSJ vakillari ham Pyanichga o‘zi istagan sharoitlarni yaratib berishni va’da qilgan edi. Lekin futbolchi frantsuzlarga rad javobini berdi.
Kataloniya klubi rahbarlari Pyanich jamoadagi yosh futbolchilarni to‘g‘ri tarbiyalashda haqiqiy namuna bo‘ladi, degan qarorga kelgan.
Fikrlar