Suares Xaviga "Barsa"ga kelmaslikni tavsiya qilmoqda

  • 30 sentabr, 2021, 23:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” hujumchisi Luis Suares “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Xavini Kataloniya klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

“Shaxsan men Xaviga kutishni tavsiya qilaman. Hozir klubga kelish uchun eng yaxshi vaqt emas. U aqlli, biroz kutish kerak.

Xavining klubda do‘stlari bor va u ular bilan qaror qabul qilishi kerak. Lekin shunday bo‘lsada, hozir vaziyat baribir qiyin”, - dedi urugvaylik futbolchi.

Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng bosh murabbiy Ronald Kuman “Barselona”dan iste’foga chiqarilishi haqida xabarlar avj olmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!