
Suares: "Biz gol ura olmagan bo‘lsak ham bu musobaqada o‘z salohiyatimizni namoyon etamiz"
"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida "Al-Ahli"ga qarshi 0:0 hisobidagi durang haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Ularning darvozaboni — Moxamed El-Shenavi — bir necha bor jamoasini qutqardi. U uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi, Oskar Ustari bilan birga.
Menimcha, biz hozircha hech narsani o‘zgartirishimiz shart emas. Keyingi o‘yinda gol urib, xotirjam bo‘lishimiz kerak.
Biz o‘zimizga bosim o‘tkazmoqdamiz, chunki bu musobaqada nimaga loyiq ekanimizni ko‘rsatmoqchimiz. Biz raqobatlashishni, g‘alaba qozonishni istaymiz.
Bu musobaqa oson emasligini tushunamiz. Qanday raqiblar bilan to‘qnash kelayotganimizni bilamiz. Bu jamoa sifatida o‘z salohiyatimizni namoyon etish uchun ajoyib fursat" — dedi urugvaylik to‘purar.
Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" navbatdagi uchrashuvlarini 19 iyun kuni "Portu", 24 iyun kuni esa "Palmeyras"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar