SPORTS.uz'da jahon chempionati kundaligi (21-son)

  • 18 dekabr, 2022, 12:40
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatardagi jahon chempionati oxirlab qoldi. SPORTS.uz sayti ijodkorlari ushbu mundial kundaligini taqdim etadi.

Tecno

Uchinchi o‘rin uchun bahsda tajriba ishtiyoqdan ustun keldi. Biroz toliqqan Marokash Xorvatiyaga engildi. Ammo ular tarix yaratdi. Regragi shogirdlari Qatardagi mundialni ancha vaqt unutmaydi. Zagrebda esa bayram avjida.

Xorvatiya - Marokash 2:1

Xorvatiya va Marokash o‘rtasida kechgan bellashuvda evropaliklar 2:1 hisobida zafar quchdi va mundial bronza medallariga ega chiqdi.

7-daqiqada xorvatlar futbolchisi Yoshko Gvardiol hisobni ochdi. U ajoyib kombinatsiyadan so‘ng to‘pni boshi bilan darvozaga joylab, o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Ammo oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas, afrikaliklar muvozanatni tikladi. Dari xuddi raqiblar amalga oshirgan ijro singari gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

QATAR-2022 Morocco vs Portugal-050

42-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Orshich super zarbasi bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Yasin Bunu biroz oldinroqqa chiqib qolgani bois har qancha harakat qilmasin to‘pni qaytara olmadi. Bu uchrashuvdagi so‘nggi gol bo‘lib qoldi va Dalich shogirdlari mundialda 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Xorvatiya o‘z tarixida ikkinchi bor bronza medaliga ega chiqdi. Bunga qadar ular 1998 yilda o‘tkazilgan mundialda ushbu natijaga erishgan. Shuningdek, ular 2018 yildagi mundial kumush medali sohibi hisoblanadi.

Oxirgi 11 ta mundialda uchinchi o‘rinni Evropa jamoalari qo‘lga kiritib kelmoqda.

So‘nggi Evropa qit’asida bo‘lmagan bronza medal sohibi Braziliya hisoblanadi. 1978 yili Argentinada o‘tgan JChda "pentakampeonlar" uchinchi o‘rinni egallagandi.

Xorvatiya yana bir bor JChda bu safar bronza medallarga ega chiqdi. Mundialda muxlislar "yoqimtoy"iga aylangan Marokash esa shu notada musobaqa bilan xayrlashdi!

QATAR-2022 Morocco vs Portugal-022

Gvardiol Marokashga urgan goli bilan Xorvatiya tarixida mundialda gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Hozirda u 20 yosh-u 328 kunlik.

33 yoshli Ivan Perishich so‘nggi uchta mundialda "gol+pas" tizimida 11 ball to‘pladi (6 ta gol va 5 ta golli uzatma). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha xorvatdan faqat Messi (10 ta gol va 6 ta golli uzatma) oldinda.

Qatardagi mazkur turnir xorvatlar uchun oltinchisi bo‘ldi. Xorvatiya 1998 yildan beri birinchi marta nufuzli musobaqaning pley-off bosqichi bahslarining asosiy bo‘limlarida g‘alaba qozondi. O‘sha yili xorvatlar bronza medali uchun bahsda Niderlandiya terma jamoasini 2:1 hisobida taslim etgandi. Shundan so‘ng "shashkachilar" ketma-ket ettita mundial uchrashuvlari va uchta Evropa chempionati doirasidagi bahslarning pley-off bosqichlari asosiy vaqtlarida g‘alaba qozonishni uddalay olmagandi.

Xorvatiyaning ushbu muvaffaqiyati mamlakat poytaxti Zagreb ko‘chalarida nishonlandi.

DSC04625

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
muslimbekjon raximov
18/12/2022 14:29
argintina va messi chempion olga messi olga argintina