Sportimiz "malikalari" qaysi futbol klublariga ishqibozlik qilishadi?

  • 17 may, 2020, 23:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Futbol jahondagi birinchi raqamli sport turi va yurtimizda ham unga qiziqish juda yuqori. Nafaqat erkaklar, balki qizlarning ham futbolga bo‘lgan ishqibozligiga nima deysiz?

Tecno

Biz o‘zbek sporti “malikalari”, ya’ni sportchi qizlarimizning bu boradagi qiziqishlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Zamira Sanaqulova – badiiy gimnastikachi

-  Futbolga juda qiziqaman. Lekin biror bir futbolchining o‘yinlari yoqadi, deb ayta olmayman. Biroq, umumiy tarzda “Paxtakor” va milliy terma jamoamizning birinchi raqamli muxlisalaridanman.

zamira1

 
 
Nodira Burxonxo‘jaeva – stol tennisi

-  To‘g‘risi, futbolga qiziqishim bor. Ammo, istalgan o‘yinlarni tomosha qiladigan darajada ishqiboz emasman. Asosan, sevimli jamoam “Barselona”ning o‘yinlarini ko‘raman. Messi esa, eng yoqtirgan futbolchim.

nadira

 
Liliya Shakirova – MMA jangchisi

- “Barselona” muxlisiman. Shuning uchun, ko‘proq Ispaniya chempionati o‘yinlarini tomosha qilaman. Lionel Messi men uchun jahondagi eng yaxshi futbolchi.

Lilyaxon


Shahnoza Nizomova – bokschi

-  Futbol jonu-dilim, desam yanglishmayman. O‘zim ham havaskorlar o‘rtasida futbol hamda futzal bo‘yicha turnirlarda ishtirok etganman. Darvozada turganman va Toshkent viloyati terma jamoasi safida bir nechta musobaqalarda faxrli o‘rinlarni ham qayd etganmiz. Yoshligimdan oilada futbol muhiti hukm surganligi uchun “Paxtakor” jamosi o‘yinlarini tomosha qilib, unga muxlislik qilardim. Sevimli futbolchim esa, Mirjalol Qosimov edi. Shuningdek, Igor Shkvirin va Pavel Bugaloning mahoratiga ham qoyil qolardim. Jahon futbolida esa, Madridning “Real” jamoasi ishqiboziman. Krishtianu Ronalduning o‘yinlari yoqadi.

shaxnoza

 
Shahnoza Badalova – bokschi

-  Futbolga bo‘lgan qiziqishim 2006 yildan boshlangan. O‘sha vaqtlar Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi tufayli bu sport turiga mehrim tushgan. KriRo esa, hali-hanuz eng yaxshi ko‘rgan futbolchim hisoblanadi.

badalova


Madinabonu Mannopova –taekvondochi

-  U qadar yuqori darajadagi ishqiboz emasman. Faqat “Barselona” o‘yinlarini tomosha qilaman. Argentinalik “sehrgar” Lionel Messi esa, jahondagi eng kuchli futbolchi. Shuning uchun, uning o‘yinlaridan zavq olaman.

Madina

 
 
O‘g‘iloy Nasimova – MMA jangchisi

-  Futbolni sevib tomosha qilaman. Xorij chempionatlariga bo‘lgan qiziqishim yuqori... Ayniqsa, Ispaniya chempionatini muntazam kuzatib boraman. Chunki, Madridning “Real” jamoasi ixlosmandiman. Serxio Ramos, Marselo, Iskoning o‘yinlari yoqadi. Biroq men uchun Krishtianu Ronaldu tengsiz futbolchi!

o‘g‘iloy


 
Dinara Nabieva – bokschi

-  “Barselona” va Lionel Messining ashaddiy muxlisalaridanman, desam bo‘ladi. Asosan, ushbu klub ishtirokidagi o‘yinlarni ko‘raman. Darvoqea, “Real”ning ham qanday natija qayd etayotganini kuzatib boraman. Sababi esa barchaga ma’lum... Shuningdek, Klian Mbappening o‘yinlari ham yoqadi.

Dinara

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!