
Sportchilarimiz Filippinga boradi
Shu kunlarda sohil voleyboli bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 2 - 6 aprel kunlari Filippinda o‘tadigan “2nd AVC Beach tour Nuvali open” xalqaro turniriga tayyorlanmoqda.
Tayyorgarlikning ilk mashg‘ulotlari ayni kunlarda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlari markazida olib borilmoqda.
Nufuzli musobaqaga hozirlikning ikkinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 23 mart - 1 aprel kunlari Filippinda davom ettiriladi.
4 nafar erkak, 2 nafar voleybolchi qizlar va 2 nafar murabbiydan iborat O‘zbekiston sohil voleyboli terma jamoasi a’zolari mazkur nufuzli turnir va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashish uchun 22 mart kuni Filippinga yo‘l oladi.
Fikrlar