
“Sport — nafislik va salomatlik manbai” sport festivali yakunlandi
Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida respublikamizdagi barcha tuman va shaharlardagi korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat ko‘rsatayotgan faol xotin-qizlar stritbol, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlaridan o‘zaro kuch sinashdilar.
Mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF—87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.
Uch bosqichda o‘tkazilgan ushbu turnirda yurtimiz bo‘ylab 11 000 dan ziyod mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida o‘tkazilgan sport festivalining yakuniy natijalari bilan quyida tanishib olishingiz mumkin:
Shaxmat:
1. Ochilova Shaxnoza (Buxoro);
2. Arziqulova Maftuna (Samarqand);
3. Joniqulova Maftuna (Surxondaryo).
Shashka:
1. Bozorova Nigina (Buxoro);
2. Eshmadatova Lobar (Qashqadaryo);
3. Astaraqulova Naiba (Sirdaryo).
Stol tennisi:
1. Kuryazova Shahlo (Xorazm);
2. Agzamova Marhabo (Toshkent vil.);
3. Hamdamova Gulshan (Sirdaryo).
Stritbol:
1. Buxoro viloyati;
2. Toshkent viloyati;
3. Toshkent shahri.
Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Fikrlar