Sport kurashlari. Rustam Assakalov O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi!

BEPUL PROPAN

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Unga ko‘ra, yaqin yillar yurtimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan Rustam Assakalov endi asosiy jamoa boshqaruviga o‘tadi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Rustam Assakalovning oldiga sportchilarimizni Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga munosib tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli mutaxassis Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng sportchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Assakalov faoliyati davomida uchta Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, uning hisobida jahon chempionatlarining 1 tadan kumush va bronza, qit’a birinchiliklarining esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!