
"Spartak" frantsuz klubidan Tureni sotib olmoqchi
Moskvaning "Spartak" klubi "Nant" bilan frantsiyalik yarim himoyachi Abdulay Turening transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
L’Equipe nashrining xabar berishicha, RPL grandi 26 yoshli futbolchining transferini shaxsan frantsuz klubi prezidenti Valdemar Kita bilan hal qilmoqda.
“Nant” Abdulayni 10 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor. Futbolchining o‘zi klubni o‘tgan mavsumdayoq tark etishni xohlagan, ammo o‘shanda rahbariyat uni qo‘yib yubormagan edi.
Fikrlar