
Son Xyon Min barchasini tan oldi
“Tottenxem” hujumchisi Son Xyon Min o‘tgan mavsum Angliya Premer ligasida Muhammad Saloh bilan birga to‘purar bo‘ldi va “Oltin butsa”ga ega chiqdi. “Shporlar” forvardi mazkur sovrinni qo‘lga kiritgandan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu juda baxtli onlar edi. Jamoadoshlarim meni juda bora qo‘llab-quvvatlashdi. Ular xuddi o‘zlari “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritgandek xursand edi.
To‘g‘risini aytsam, oxirgi uchrashuvda gol urish uchun imkoniyatlar ko‘p emas edi. Birinchi bo‘limda 2:0 hisobida oldinda borayotgan bo‘lsak-da, menda kamroq vaziyatlar bo‘ldi. Keyin Lukas Moura zaxiradan maydonga tushdi va menga shunday dedi: “Oltin butsani qo‘lga kiritishingga yordam beraman”.
Stiven Bergveyn ham zahiradan o‘yinga qo‘shilib, "men yana bitta gol urib, to‘purar bo‘lishingiz uchun qo‘limdan kelganini qilaman", dedi. Hatto tanaffusda paytida bosh murabbiy Antonio Konte futbolchilarga qarab, Songa “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritishga yordam bersangiz, ajoyib bo‘lardi”, deya aytdi.
Har safar gol urganimda Erik Dayer menga: “Oltin butsa seniki”, deb aytardi. Lekin men bu sovrinni qo‘lga kiritish haqida o‘ylaganim ham yo‘q edi. O‘shanda men Salohdan ancha orqada ketayotgandim. Ammo keyin oradagi farqni yo‘qota boshladim. Buning uchun jamoadoshlarimga rahmat aytishi kerak”, — deya fikr bildiradi Son.
Eslatib o‘tamiz, koreyalik futbolich yakunlangan Angliya chempionatida 22 ta gol muallifiga aylangan.
Fikrlar