"So‘g‘diyona" – "Paxtakor" bahsida nohaq penalti berildimi? Superliga 19-tur uchrashuvlarida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar yuzasidan ekspert-hakamlar xulosasi berildi

  • 25 sentabr, 2023, 18:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 13
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 19-turi doirasida dam olish kunlari 5 ta uchrashuv o‘tkazildi, turning qolgan 2 bahsi esa noyabr oyiga qoldirildi. Bo‘lib o‘tgan ushbu besh o‘yinda jami 7 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi. Bu vaziyatlar ekspert-hakamlar komissiyasining yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, atroflicha tahlil qilindi va xulosalar berildi. Quyida ushbu xulosalarni qisqacha taqdim etamiz.

Tecno

 

1-vaziyat: OKMK – “Metallurg” bahsidagi mehmonlar darvozasiga belgilangan penalti. Mazkur holatda uchrashuv bosh hakami Aziz Asimov dastlab penalti belgilamaydi, biroq vaziyatga VAR aralashgach, u qarorini o‘zgartirgan 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Ogohlantirishsiz penalti; hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

2-vaziyat: OKMK – “Metallurg” bahsi, mehmonlarning 3-golidagi ehtimoliy ofsayd. Bu holatni uchrashuv yordamchi hakami yaxshi rakursdan kuzatib turgan va o‘yindan tashqari holat yo‘q, degan xulosaga kelgan. Uning ushbu qarori to‘g‘ri bo‘lganini VAR hakamlari ham tasdiqlagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Bu vaziyatda ofsayd yo‘q, ya’ni toza gol; yordamchi hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

3-vaziyat: “Andijon” – “Navbahor” o‘yinidagi mehmonlarning inobatga olinmagan goli. Avval ta’kidlaganimizdek, ushbu holatga VAR aralashgach, bosh hakam Abdurashid Xudoyberganov ofsaydda turgan futbolchi darvozabonga halaqit bergan, degan xulosaga kelib, golni inobatga olmagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “FIFA talablariga ko‘ra bu vaziyatda ofsayd bor; bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

4-vaziyat: “Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvidagi ehtimoliy penalti. Ushbu holatda bosh hakam Olim To‘ychiboev hujumchi simulyatsiya ishlatgan, deb topib, o‘yinni davom ettirishga ruxsat bergan. VAR tasvirlarida ham ushbu qaror to‘g‘riligi o‘z tasdig‘ini topgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Ushbu vaziyatda simulyatsiya ishlatgan futbolchiga sariq kartochka berib, o‘yin davom ettirilishi kerak edi; bosh hakamning qarori qisman to‘g‘ri deb topildi”.

5-vaziyat: “Nasaf” – “Bunyodkor” bahsidagi mezbonlar darvozaboni va raqib hujumchisining to‘qnashuvi. Mazkur holatda bosh hakam hujumchi va darvozabon tabiiy kontaktda bo‘lgani hamda to‘qnashuv to‘p uzoqlashganidan so‘ng yuzaga kelgani sababli hech qanday penaltiga asos yo‘q deb topgan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Kontakt haqiqatdan ham tabiiy, bu vaziyatda penalti yo‘q; bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

6-vaziyat: “So‘g‘diyona” – “Paxtakor” bahsi, jizzaxliklar darvozasiga ehtimoliy penalti. Bosh hakam Ahrol Risqullaev 77-daqiqada yuzaga kelgan bu holatda to‘p uchun tabiiy kurash bo‘lgani va penalti uchun etarli asos bo‘lmaganini inobatga olib, uchrashuvni davom ettirishga ruxsat bergan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Penalti uchun asos yo‘q, faqat to‘p uchun kurash kechgan; bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

7-vaziyat: “So‘g‘diyona” – “Paxtakor” bahsidagi mehmonlarning penaltisi. Mazkur vaziyatda jarima maydonchasi ichida himoyachi raqib hujumchisi oyog‘iga zarba bergani bois, bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgan. Holatni ancha yaqin masofadan kuzatib turgani uchun Risqullaev hech ikkilanmay penalti belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: “Hakam vaziyatga juda yaqin va kontakt aniq ko‘ringan, vaziyat penaltiga tortadi; bosh hakamning qarori to‘g‘ri deb topildi”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kesh
25/09/2023 18:57
Яша ва яна Яша Пахтакор. Сен шунака арзанда клубсан сени хеч ким хафа килмийди. Сабаби сен жонажон пойтахтимиз клубисан. Сани Уфа, Пфл , Судялар куленгдан тутиб юрувчи хамкорларинг булади. Хамма дарди ичида бу клуб тугрисида хеч ким хеч нарса диелмайди. На илож давом этаверади хает.
Odil Musaboyev
25/09/2023 18:57
Экспертлар,узини фикри йук экспертлар Сугдиена-Пахтакор 11 метрлик хеч канака контакт йук бу ерда хакам шу вазиятда каердан курди контактни хайронман.Европа футболини курармикин шу экспертлар ва хакамларимиз нега курашга куйиб бермайди бизада.
&
chorvoq
25/09/2023 18:56
Қарға қарғани кўзини чўқимайди, бу экспертларни тили бир, харомхўрлар
А689 НМ
26/09/2023 04:25
Хакам, вар ,экспертлар хаммаси бир туда бирини биридан ажратиш мухлисларнинг кулида эмас имонбегона каргаларнинг хаммасини тили бир Булар Пахтакор танкларининг каргалари бири бирини кузини чукимайди.Кубокдан мосуво булган очл да сузма килган Пахтакорнинг чемпионлиги йулида бошка жамоаларнинг очколарини курбон килишаяпти Нефтчи 6 очко Навбахор 1 очко Сугдиёнадан Пахтакорга1очко олиб уни 2 очкодан махрум килишди
Шухрат Хусаинов
25/09/2023 19:11
Экспертлар судьялар ВАР Бари Бир Гур. Текинтомоклар Яша янги Узбекистан
А689 НМ
26/09/2023 18:49
Эксперти хам ,вар хам, хаками хам Пахтакор таркибида уйнаши азалдан хаммага маьлум Нефтчи етиб олмасин деб 6 очкосини чопишди Андижонда Навбахорни 1 очкосини чопишди Сугдиёнадан аник маглубиятга учраяпган Пахтакорга аргамчига кил мадор килиб бир очко олиб бериб Сугдиёнани 2 очкосини чопишди бу хаммаси кубокдан мосуво булган, очлда сузма килган Пахтакорни кулогидан чузиб чемпион килиш йулидаги харакатлар
Шоим Зарипов
26/09/2023 14:03
Эй бетайин дониёр тилингга эрк берма мен Насаф мухлисиман сенгабутун Узбекистон мухлислари ит булдими эркаклигинг булса Тошкентга пахтаой стадиона бораманбир плаката дониёр кутман деб ёзиб утиргин уша жойни узида тилингни сугириб кутингга тикиб келаман.
15/10/2023 10:42
Пшлнайух шоим чмо. Плакатга Кутмиза диб ака укаларин билан ёзиб утир стадионинда
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
26/09/2023 07:48
Uzb chem pionatiniyam sal qizdiringlar, stinarilarni har doim bir hil yozmasadan bundoq boshqa jamoalar haam chempion busin qizigi qomadi
&
Dili
26/09/2023 06:36
Уррррраааааа пахтакор чемпион бу йил хам тозза уйинлар булсин
&
AzizT
25/09/2023 21:54
Akalar ukalar u bu deymizu Paxtakor chempion bupqolishiga Nasafam Navbahoram Neftchiyam sabab bupqolyapti kurdikku hammasi yutqazdi oson uyinni uzi bumayapti OChLda Paxtakorga omad kemadi nechta vaziyat buldi foydalanilmadi 1 ta OKMK juda kuchsiz uyin kursatyapti Nasaf Navbahor Paxtakor yaxshi uyin qilyapti
Жабборов Ахмаджон
25/09/2023 19:10
Албатта бу паҳтакор. Ғинг дегин акамга айтаман.
Donyor
25/09/2023 21:16
Олга Пахтакор!!!
Тутриксиз ичи коралага ахамият берма:))
Ит аккилаб ковуради, Карвон йулида давом этади!!!:)))