
"So‘g‘diyona" bosh murabbiyiga kimlar yordam berishi oydinlashdi
“So‘g‘diyona” klubi ham yangi mavsum uchun tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqyapti. Ma’lum bo‘lishicha, jizzaxliklarning dastlabki yig‘ini o‘z qarorgohida 10-12 dekabr kunlarida boshlanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning aniqlashicha, bosh murabbiy Yorqin Nazarovning murabbiylar shtabi deyarli oydinlashib qoldi.
Unga yordamchi murabbiy sifatida Timur Boboxonov ko‘maklashadi. Oleg Normatov jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ish boshlaydi. Darvozabonlar murabbiyi – Ruslan Axmedxonov “So‘g‘diyona”da ham ushbu lavozimda faoliyat olib boradi. Bungacha Axmedxonov Tojikistonning “Istiqlol” klubida ishlagan.
Bundan tashqari, murabbiylar shtabida yana bir-ikkita mutaxassislar paydo bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Fikrlar