
"So‘g‘diyona" bosh direktori: "Kecha PFL bizga xat jo‘natgan, Baqoev Jizzaxdagi o‘yin bo‘yicha ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan"
Bugun “So‘g‘diyona” Superliganing 24-turida Toshkentda “Lokomotiv”ga yagona gol evaziga yutqazdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoevning o‘rniga klub bosh direktori Javlon Salohiddinov qatnashdi.
- O‘yinni ko‘rdinglar, penaltidan gol ura olmadik, ular esa penaltidan urdi. Shunaqa bo‘ldiki, bitta gol o‘yin taqdirini hal qildi. “Lokomotiv” yagona golni urdi va yutdi. Omadimiz kelmadi.
- Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev nima uchun zaxira o‘rindig‘ida o‘tirmadi?
- Mendan yaxshi bilsangizlar kerak, kecha PFL bizga xat jo‘natgan. Ha, hali hech qaerda e’lon qilinmadi, ammo Baqoev ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Jizzaxdagi o‘yin bo‘yicha.
- Bu mag‘lubiyatdan keyin jamoaning ikkinchi o‘rinni egallash imkoniyati keskin tushib ketdi. Keyingi ikkita o‘yindagi raqiblar ham jiddiy: “Nasaf” bilan AGMK.
- Keskin tushib ketdi, deb o‘ylamayman. Hali “Nasaf”ni ham qiyin o‘yinlari bor. “Surxon” bilan ham oson o‘yin bo‘lmasa kerak. “Qo‘qon-1912”ni o‘zida qabul qiladi. Ikkita o‘yinni yutsak, hali ikkinchi o‘ringa imkoniyatimiz bor. AGMKga ochko olishiga ham hech kim kafolat bermaydi. Kecha ko‘rdinglar, “Andijon”ni qanday qiynalib yutganini. Oxirigacha kurashamiz.
- Jasur Hasanovning o‘yini haqida fikringizni bilmoqchi edim. Oxirgi o‘yinlarda bir taymdan o‘ynayapti. Bu uning jismoniy holati bilan bog‘lqimi?
- Yoshi ham 38 da. Lekin o‘yinlarda har qanday yosh himoyachilardan tezkor harakat qiladi. O‘yini chiqmagan bo‘lsa kerak, zaxiraga olishdi. Men aralashmayman.
Fikrlar