
Slot "Liverpul"ning o‘yini haqida gapirdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Premer-ligasining hozirgi turnir jadvali haqida gapirdi.
"Birinchi o‘rindaligimiz bizni juda ham yaxshi jamoa ekanligimizni bildiradi. Mavsumning birinchi yarimi yakunlanishiga 3 ta o‘yin qoldi.
Sizning jamoangiz shunday ajoyib o‘yin ko‘rsatsa, sizni mag‘lub etish oson bo‘lmaydi. Agarda, chempionatni yutish oson bo‘lganda bunday futbolni hamma ham ko‘rsata olardi",- dedi niderlandiyalik mutaxassis Sky Sport bilan intervyuda.
"Qizillar" 17 ta turdan so‘ng, 39 ochko to‘plab, birinchi o‘rinni egallab turishibdi. Mersisaydliklarning navbatdagi o‘yini 26 dekabr "Lester"ga qarshi bo‘ladi.
Fikrlar