
Slot: "Kutganimizdan ancha yuqori natija ko‘rsatdik"
Xabaringiz bor, "Liverpul" Premer-liganing dastlabki to‘rt turini ochko yo‘qotmasdan o‘tkazdi. Bu haqda mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot fikr bildirdi.
Niderlandiyalik mutaxassis tarkibning yozgi qayta tuzilishini hisobga olgan holda yomonroq natija kutganini e’tirof etdi.
- Biz kutganimizdan ancha yuqori natija ko‘rsatdik. Bu yozda nima bo‘lganini barchamiz bilamiz, ammo Premer-liganing to‘rtta o‘yinida 12 ochko to‘plash - ajoyib natija. Jamoadagi shuncha o‘zgarishlardan so‘ng ahvol ancha yomonroq bo‘lishini kutgandim, - dedi Slot.
Chorshanba kuni Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida "Liverpul" o‘z maydonida "Atletiko"ni qabul qiladi.
Fikrlar