“Siti”nig bir o‘yinchisini ikki klub talashyapti

  • 6 avgust, 07:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ning yangi o‘yinchilaridan biri – 19 yoshli Klaudio Echeverri yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar “shaharliklar” safini tark etishi mumkin.

Tecno

Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, hujumkor futbolchini A Seriyadan “Roma” va La Ligadan “Jirona” o‘z safiga chorlamoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, argentinalik o‘yinchinigg o‘zi Italiya chempionatiga o‘tishni ma’qul ko‘rmoqda. Biroq “Manchester Siti” uni Ispaniya ligasiga ijaraga jo‘natmoqchi bo‘lyapti. Ayni paytda muzokaralar davom etyapti.

“Shaharliklar” Echeverrini 2024 yilning boshida “River Pleyt”dan transfer qilgan edi. Biroq tajriba oshirishi uchun qadrdon jamoasida o‘ynab turishiga ruxsat bergan.

Klaudio Echcheveri Manchesterga kelganidan keyin hozirgacha atigi uchta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!