
“Siti” yulduzi “Barsa”ga o‘tyapti
“Manchester Siti”ning portugaliyalik hujumkor futbolchisi Bernardu Silva “Barselona”ga ko‘chib o‘tishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Silva Kataloniyadan o‘ziga mos uy qidirmoqda.
Bir necha kun avval, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Bernardu Silvani tarkibda saqlab qolish istagini bildirgandi. Lekin futbolchining o‘zi muhitni o‘zgartirishga qaror qilgan.
Bernardu Silva 2017 yilning yozidan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu paytga qadar u “shaharliklar” uchun 251 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 48 ta gol va 50 assist muallifi bo‘ldi.
27 yoshli futbolchining transferi 80 mimllion evroga baholanmoqda.
Fikrlar