“Siti” darvozabonini ashaddiy raqib chaqirdi

  • 1 avgust, 09:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati yozgi transferlar oynasi davomida ashaddiy raqib – “Manchester Siti”ning germaniyalik darvozaboni Shtefan Ortegani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tecno

“Yunayted” vakillari Orteganing agentlariga murojaat qilib, o‘z rejalarini bayon qildi.

Aslida “Manchester Yunayted” darvozani “Aston Villa” posboni Emiliano Martinesga topshirmoqchi edi. Lekin argentinalik golkiper ularning taklifini qabul qilmadi. Keyin e’tibor Ortegaga qaratildi.

“Manchester Siti” kuni kecha o‘z safiga klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Jeyms Traffordni qaytardi. Bu transferdan keyin Xosep Gvardiola Shtefan Ortetagaga boshqa jamoa topish uchun ruxsat berdi.

32 yoshli Ortega o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda ishtirok etib, shulardan sakkiztasida to‘p o‘tkazmadi. O‘yinlar davomida esa, o‘z darvozasidan 24 ta to‘p olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
01/08/2025 21:38
эдерсонни йукотиш керак эди