"Siti" - "Chelsi": Husanovning asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun sabablar etarlicha (Prevyu)

  • 24 yanvar, 12:20
  • Karim Xudayqulov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga APL doirasida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Chelsi"ni qabul qiladi. Ushbu bellashuv katta afishasi bilan birgalikda APLda kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash bo‘layotgani bilan ham ahamiyatlidir. 

Ayni vaqtda "shaharliklar" APL turnir jadvalida 38 ochko bilan 5-o‘rinni band etib turibdi. Ulardan bir pog‘ona yuqorida aynan 40 ochkosi bor "aristokratlar" bormoqda. Ushbu klublar o‘rtasidagi birinchi davrada bo‘lib o‘tgan bahsda Pep Gvardiola shogirdlari Erling Xoland hamda Mateo Kovachich tomonidan kiritilgan gollar evaziga zafar quchgandi. O‘sha paytda "Siti"da hammasi joyida edi va favoriti aniq bahsda aynan favoritlar zafar quchgandi. Biroq ayni dam vaziyat butunlay o‘zgacha. 

Jamoalarning holati haqida: 

"Manchester Siti" 


"Manchester Siti" o‘zi uchun qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Jamoa Premer-ligada ishonchli o‘yin ko‘rsatishni boshladi, ammo ungacha 13 uchrashuvning atigi 1 tasida g‘alaba qozonib, "Siti"ga umuman yarashmaydigan ko‘rsatkichlar qayd etib kelayotgandi. Bundan tashqari, Manchester klubining xalqaro maydondagi ishlari ham u qadar yaxshi emas. Gvardiola shogirdlari hafta o‘rtasida bo‘lib o‘tgan EChL o‘yinida PSJga 4:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ayni vaqtda "Siti" EChL turnir jadvalida 7 turdan so‘ng 8 ochko bilan 25-o‘rinni band etib turibdi. Turnirning asosiy favoritlaridan birining guruh bosqichidayoq musobaqani tark etishi ehtimoli bor. So‘nggi turda ular g‘alaba qozona olmasa, keyingi bosqich yo‘llanmasidan mahrum bo‘lishadi.

PSG stun Manchester City with 4-2 comeback | Reuters

"Chelsi" 

"Chelsi" oxirgi mavsumlarda ko‘p va qimmat transferlarga qo‘l urib, natijalar nuqtai-nazaridan tanqidlarga uchrab kelayotgandi. Biroq London grandi joriy mavsumda tanqidlarga etarlicha javob qaytara olmoqda. Klub Evropa Konferentsiyalar ligasida yuz foizlik natija ko‘rsatdi. APLda esa ayni vaqtda to‘rtinchi o‘rinda (so‘nggi mavsumlardagi qoniqarsiz natijalardan so‘ng ular uchun bu ijobiy ko‘rsatkich, desa bo‘ladi). Shunday bo‘lsa-da, Entso Mareska shogirdlari "Boxing day" va undan keyingi uchrashuvlarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jumladan, jamoa oxirgi 6 ta uchrashuvning faqat bittasida zafar quchdi (22-turda "Vulverxempton"ga qarshi). Ungacha jamoa "Everton", "Kristal Pelas" hamda "Bornmut"ga qarshi uchrashuvlarda durang natija qayd etdi, "Fulxem" va "Ipsvich"ga esa mag‘lub bo‘ldi. 

Chelsea beat Wolves to end five-match winless run

Jarohatlar

"Manchester Siti" 


"Manchester Siti" himoyasida jarohat bilan bog‘liq muammolar etarlicha. Jumladan, Natan Ake Parijga bormagan, Ruben Diash esa PSJga qarshi bellashuvning birinchi taymidan so‘ng o‘yinni davom ettira olmasligini aytgan. Hozircha Diashning "Chelsi"ga qarshi o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida. Bundan tashqari, Rodri sentyabrda safdan chiqqan va taxminan aprel oyi boshlarida safga qaytishi kutilmoqda. Shuningdek, Oskar Bobb ham avgustda jarohat olgandi. Ayni damda u tiklanish jarayonining so‘nggi bosqichida va kelasi oy boshlarida o‘yinlarda ishtirok etishga tayyor bo‘ladi. 

Dias, Doku, Ake - Man City injury news and return dates after bruising PSG  loss - Manchester Evening News

"Chelsi" 

"Aristokratlar"dan Uesli Fofana biroz uzoqroq muddatga safdan chiqqan. Shuningdek, Benua Badiashile ham dekabr oyi o‘rtalarida safdan chiqqandi va hali mashg‘ulotlarga qaytmadi. Levi Koluill, Entso Fernandes va Romeo Laviya "Siti"ga qarshi o‘ynashi mumkin. Ularning jarohati u qadar ham jiddiy emas. 

Romeo Lavia on overcoming setbacks, keeping things ticking and Arsenal  challenge | News | Official Site | Chelsea Football Club

Taxminiy tarkiblar 

Menimcha, o‘zbekistonlik muxlislar uchun eng qiziq joyiga etib keldik. Himoyadagi jarohatlar va o‘yinchilarning jismoniy holati bilan bog‘liq muammolar tufayli Abduqodir Husanovni biz mazkur bellashuvda asosiy tarkibda ko‘rishimiz mumkin. "The Sporting News" nashri ham aynan shunday fikrda: 

"Himoyadagi muammolar yangi kelganlar uchun imkoniyat yaratadi. Husanovning Liga 1'da to‘plagan tajribasi uni maydonga tushish ehtimoli borligini anglatadi", - deyiladi "The Sporting News" nashri yozgan maqolada. 

"Manchester Siti"ning taxminiy tarkibi: Ederson, Husanov, Akanji, Gvardiol, Lyuis, Gyundogan, De Bryuyne, Grilish, Foden, Xoland, Marmush. 

"Chelsi"ning taxminiy tarkibi: Sanches, Jeyms, Adarabioyo, Koluill, Kukurelya, Kaysedo, Fernandes, Madueke, Palmer, Sancho, Jekson. 
 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Urolov Sharif
24/01/2025 16:14
ПСЖ билан ўйинда Абдуқодир йўқлиги учун Рамуш мазза қилиб футболдан баҳра олди лекин
Yusuf Mukhammad
24/01/2025 16:22
Inson bo'lsa shunchalik bo'lar a
Bugun Jumada imom Abduqodirni haqqida duo qildi
Butun jamoatni duosini oldi bu bola
Ma Shaa Alloh havas qildik.
Urolov Sharif
24/01/2025 16:11
Ситининг Абдуқодирдан бошқалари иштон кийиб олишибди. Абдуқодирни олови бор кўз тегмасин. Омад укамизга
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
24/01/2025 18:21
Kelajak uchun sal e‘htiyot qilish kerakda gamaj kiyib yursa ham bo‘lar edi
Azizbek Turakulov
24/01/2025 12:40
chelsiyam
Azizbek Turakulov
24/01/2025 12:39
city 10 kishi bo'lib o'ynaydimi shunda ?,1 ta futbalist qolib ketibti togirlab qoyila