
Simone Indzagi "Al-Hilol" taklifini rad etdi
Italiyalik murabbiy Simone Indzagi Saudiya Arabistonining mashhur klubi — "Al-Hilol"dan tushgan taklifni qabul qilmadi. Bu haqda taniqli jurnalist Janluka Di Martsio xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "Al-Hilol" Indzagini bosh murabbiy lavozimiga taklif qilgan va klub prezidenti Milanga shaxsan kelib, 49 yoshli mutaxassis bilan uchrashgan. Biroq, muzokaralar ijobiy yakun topmadi — Indzagi taklifni qabul qilmadi.
U hozirda "nerazzuriliklar"da o‘zini baxtli his qilmoqda va klubda qolishni istamoqda. Uning e’tibori hozircha faqatgina A Seriyaning so‘nggi turi va Chempionlar ligasi finaliga qaratilgan.
Milan klubi hozirda 78 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam "Napoli"dan bir ochkoga orqada.
Fikrlar