Shvaynshtayger Chempionlar ligasidagi asosiy favoritlar haqida gapirdi

  • 3 may, 13:21
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasining sobiq yulduzi Bastian Shvaynshtayger hozirgi paytda Chempionlar ligasini yutish uchun eng katta imkoniyatga ega jamoalarni sanab o‘tdi.

Tecno

"Ayni paytda men "Barselona" va PSJni favorit deb hisoblayman. Parijning "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yuborganidan juda hayratda qoldim.

"Barselona" haqida aytadigan bo‘lsam, u erda mening do‘stlarim bor — nemis murabbiyi Xans-Diteo Flik va Robert Levandovski. Ularga faqat eng yaxshisini tilayman" — deya ta’rif berib o‘tdi "Bavariya"ning sobiq futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, 1/2 finalning ilk uchrashuvlarida "SJ safarda "Arsenal"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi, "Barselona" esa "Inter" bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!