
Shukurov zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda jamoasi g‘alaba qozondi
Turkiya Superligasidan o‘rin olgan "Istanbulspor" - "Fotih Karagyumryuk" bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Diane tomonidan 27-daqiqada kiritilgan gol "Karagyumryuk"ga 3 ochko olib berdi.
Qayd etish lozim, legionerimiz Otabek Shukurov 86-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Ayni vaqtda Pirlo shogirdlari 34 ochko bilan Turkiya chempionati turnir jadvalida 9-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar