
Shu futbolchi o‘ynasa “Arsenal” umuman yutqazmayapti
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida “Arsenal” futbolchilari amaldagi chempion “Manchester Siti”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Squawka statistika markazi “kanonirlar” sardori Martin Edegorning ajoyib ko‘rsatkichlar qayd etayotganiga e’tibor qaratdi.
Unga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi ishtirok etayotgan o‘yinlarda “Arsenal” o‘n oydan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Edegorning bu seriyasi o‘tgan yilning aprel oyida boshlangan bo‘lib, hozir 22 ta uchrashuvga etdi.
Martin Edegor maydondaligida “Arsenal”ni mag‘lub etgan oxirgi jamoa “Aston Villa” bo‘ladi.
26 yoshli yarim himoyachi Norvegiyaning “Stryomsgodset” jamoasida futbolga qadam qo‘ygan. 2014 yili “Real” akademiyasi “Kastilya”ga ko‘chib o‘tgan. Keyinchalik “Real”ning asosiy tarkibiga kiritilmagan futbolchi “Xerenven”, “Vitess”, “Real Sosedad” kabi jamoalarga ijaraga berildi.
“Arsenal” Edegorni 2021 yilning boshida yarim mavsumga ijaraga olib, yozda to‘liq transfer qildi. Shundan beri Martin londonliklarning asosiy figurasi va jamoa sardori hisoblanadi.
Fikrlar