Shomurodovni qo‘lga kirita olmagan jamoa endi “Jenoa”da porlagan to‘purarni ortga qaytarmoqchi

  • 2 dekabr, 2020, 20:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Jenoa”dagi yorqin o‘yinlari va gollari bilan grand jamoalar e’tiborini tortgan Kshishtof Pyontek qishda yana A Seriyaga qaytishni rejalashtiryapti.

Tecno

Polshalik hujumchi 2018-2019 yilgi mavsumda genuyaliklar tarkibidagi muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin “Milan”ga o‘tgandi. Milanliklar safida ham bir mavsum to‘p surgan futbolchi keyinchalik Bundesliga vakili “Gerta”ga ko‘chib ketdi. Endi Pyontek yana ortga qaytmoqchi.

Yozda Eldor Shomurodovga xaridor bo‘lib, hujumchimizni qo‘lga kirita olmagan “Fiorentina” qishki transferlar vaqtida Pyontekni olib kelmoqchi. Hozirda italiyaliklar 25 yoshli hujumchining transferiga 30 million evro berishga tayyor.

Avvalroq, “Gerta” rahbariyati “Fiorentina”ning 27 million evrolik taklifini qabul qilmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!