Shomurodov va “Real” yulduzi Asensio bir ustozga bog‘landi!

  • 27 may, 2022, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Eldor Shomurodov “Roma”ga kelgunga qadar uchta mamlakat yuqori divizionida “Mash’al”, “Bunyodkor”, “Rostov” va “Jenoa” jamoalari sharafini himoya qilgan. Biroq, mamlakatimizning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi ilk sovrinini Rim klubida qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ayni paytda Eldor Shomurodov UEFA Konferentsiyalar ligasidagi g‘alabasini nishonlamoqda va uzoq yaqindan tabriklarni qabul qilib olmoqda.

3423129ac84218b7e30f04a8dd1b04e8

Konferentsiyalar ligasi – UEFA tasnifidagi yangi musobaqa. Bu turnir “ko‘hna qit’a”dagi mamlakatlarning Chempionlar ligasi va Evropa ligasida kam o‘ynayotgan jamoalari uchun xalqaro maydonga yo‘l ochish maqsadida tashkil etilgan.

Eng muhim jihati, mavsum davomida bu musobaqada Evropa ligasining guruh bosqichidan o‘tolmagan, lekin o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallagan jamoalar qo‘shilib boradi. Bu omil turnirning nufuzini keskin oshiradi.

Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqqan jamoaga bosh sovrin bilan birga kelasi yili UEFAning ikkinchi katta turniri – Evropa ligasida qatnashish huquqi beriladi.

Demak, Konferentsiyalar ligasi finalida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan  “Roma” va uning hozirgi futbolchilari, xususan, Eldor Shomurodovning nomi musobaqaning ilk g‘oliblari sifatida futbol tarixida abadiy qoladigan bo‘ldi.

Eldor Shomurodov final uchrashuvida ham bir necha daqiqa bo‘lsa-da, o‘ynadi va evrokuboklarning hal qiluvchi bahsida maydonda harakat qilgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Umuman olganda, Konferentsiyalar ligasida jami 11 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini bir bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi. Bu bilan o‘zbek hujumchisi jamoasining sovriniga o‘zini to‘liq daxldor his qilishga munosib.

Eldor Shomurodov mavsum davomida o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlarda nomiga gol yozdirib qo‘ygani juda ahamiyatlidir. Legionerimiz Konferentsiyalar ligasidan tashqari, A Seriyada uchta gol va to‘rtta assist bilan “Roma”ning musobaqa jadvalida kuchli oltilikka kirishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Shuningdek, Eldor Italiya kubogida ham to‘p kiritib, bu musobaqada gol urgan birinchi o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardorining Evropadagi ilk sovrini bilan “Rostov”da hamyurtimizga ustozlik qilgan Valeriy Karpin ham tabrikladi. Hozir “Rostov”ga qo‘shib, Rossiya milliy terma jamoasini ham boshqarayotgan tajribali mutaxassis Eldor Shomurodovning o‘yin uslubini Evropa futbolchiga moslashtirgan murabbiy hisoblanadi. Uning qo‘l ostida Shomurodov 2019-2020 yilgi mavsumda Rossiya chempionatining eng kuchli futbolchilari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Bundan tashqari, Eldorning A Seriyaga yo‘l olishida Karpinning xizmatlari katta bo‘lganini ham ta’kidlash kerak.

large_13

- Eldorni Konferentsiyalar ligasidagi g‘alaba bilan tabriklayman. Balli, Eldor! Evropa turnirida g‘olib chiqdi.

Shomurodov bu g‘alabaga uzoq va sabr bilan erishdi. “Rostov”da ham sabr qilgan edi. Boshida o‘ynagani yo‘q. Keyin maydonga tusha boshladi. U o‘z vaqtini va imkonini kutdi. Hammasiga erishdi. Yana bir bor balli Eldor!, - dedi Valeriy Karpin.

Eldor Shomurodov Valeriy Karpin ustozlik qilgan va Evrokuboklarda g‘olib chiqqan ikkinchi futbolchi hisoblanadi. Karpinning Evropa maydonlarda muvaffaqiyat qozongan birinchi shogirdi “Real” yulduzlaridan Marko Asensio hisoblanadi.

Ma’lumki, Valeriy Karpin futbolchilik faoliyatining katta qismini Ispaniyaning “Real Sosedad”, “Valensiya” va “Selta” klublarida o‘tkazgan. Murabbiylik davrida  2014-2015 yillarda ushbu mamlakatning “Malorka” jamoasini boshqargan.

Marko Asensio ushbu klub tarbiyalanuvchisi sifatida Karpin boshqargan jamoada to‘p tepgan va 2015 yili “Real” futbolchisiga aylangan.

Asensio madridliklar safida ikki martadan Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi, uch marotaba klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham g‘olib chiqqan.

rueaef8fe6c64

G‘alaba uchun O‘runov etishmadi!

Mourino: Agar men finalni yutsam...

Mourino Shomurodovga qanchalar suyanadi?

Evropani ko‘zlagan Umarovning o‘yiniga agentlar to‘sqinlik qilyapti va uni boshqa klubga o‘tkazishmoqchi!

Shomurodov “Roma”ga kerakli ekanini isbotlay olmadi?

Mourino: MDH tomonlardan yana bir o‘yinchi olmasak bo‘lmaydi!

“Spartak” O‘runovni suhbatga chorladi. Maqsad aniq!

Legionerimiz: Murabbiy men bilan gaplashmay qo‘ydi!

Shomurodov, endi senga yanada qiyin bo‘ladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
salahidin
27/05/2022 22:02
Элдорни мактайвериб охири уйини чикмай колди