Shomurodov gol ursa bo‘ldi!

  • 6 mart, 06:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Tajribali mutaxassis Klaudio Raneri “Roma” bosh murabbiyi etib tayinlanganidan keyin jamoa o‘yinida jiddiy ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.

Tecno

Rimliklar A Seriya musobaqa jadvalining quyi pog‘onalarini tark etib, hozircha kuchli sakkizlikka kirdi va ko‘tarilishni davom ettirishni maqsad qilgan. “Bo‘rilar” kelasi mavsum uchun Evropa kuboklariga yo‘llanma beradigan dastlabki oltilikka kirish uchun kurashmoqda.

Shuningdek, Raneri poytaxt klubini Evropa Ligasining umumiy bosqichidan muvaffaqiyatli olib o‘tdi. Pley-offning o‘tish uchrashuvlarida “Portu”ni musobaqadan chiqarib yubordi. Shu tariqa, “Roma” bosh sovrin uchun da’vogarga aylandi.

Bu yo‘lda Eldor Shomurodov jamoasi endi kuchli raqib – Bilbaoning “Atletik” klubi qarshiligini ikki uchrashuvda engib o‘tishi talab etiladi.

Bu jamoalar umumiy bosqichning birinchi turida o‘zaro to‘qnash kelgan va Rimdagi uchrashuvda kuchlar teng kelgan edi. Biroq o‘sha “Roma”ni hozirgisi bilan solishtirib bo‘lmaydi. Rimliklar 2025 yilda hali mag‘lub bo‘lgani yo‘q. Mag‘lubiyatsiz seriya 11 ta uchrashuvga etdi. Shundan sakkiztasida jamoa g‘alaba qozondi.

Mutaxassislar jamoani Klaudio Raneri qabul qilib olganidan keyin Eldor Shomurodov, Matias Sule, Anjelino, Mats Xummels, Zeki Chelik kabi ikkinchi planga o‘tib qolgan futbolchilar o‘yini sezilarli darajada o‘zgarish bo‘lgani va ular asosiy tarkibdan joy ola boshlaganini alohida ta’kidlamoqda.

Ayniqsa, yanvarda jamoadan ketishi kutilgan Eldor Shomurodovning fevral oyida “Roma”ning eng yaxshi o‘yinchisi, deb e’tirof etilgan legionerimizning jamoadagi qadri va ahamiyati ko‘tarilayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda Eldor Shomurodov “Roma”ning asosiy hujumchisi va to‘purari Artyom Dovbikning o‘rinbosaridan uning raqobatchisiga aylandi. A Seriya va Evropa ligasining avvalgi bosqichlarida o‘zbek futbolchisining samarali o‘yini jamoasining g‘alabalariga asos bo‘lgani ham bor gap.

Endi “Atletik” bilan bo‘ladigan to‘qnashuv oldidan Klaudio Ranerida hujumchilar bo‘yicha tanlash va kerak bo‘lganda rotatsiya qilish imkoniyati bor.

“Roma” futbolchisi Anjelino ham uchrashuv oldi matbuot anjumanida o‘zbekistonlik va ukrainalik forvardlarni o‘zaro taqqosladi.

- Maydonda Artyom Dovbik bilan o‘ynaymanmi yoki Eldor Shomurodov o‘yinga tushadimi, bu mening o‘yin uslubimni o‘zgartirishimga sabab bo‘lmaydi. Ularning har ikkisi buyuk futbolchilar.

Haqiqat shuki, menga ularning ikkalasi bilan o‘ynash yoqadi. Ularga gol urishlari uchun to‘pni imkon qadar qulay etkazib berishga harakat qilaman.

Hujumchilarimizni darvozani ishg‘ol qilish imkonini beradigan uzatmalar bilan ta’minlash uchun mahoratimni yanada takomillashtirib borishim lozim bo‘ladi. Aslida umumiy jihatdan o‘yinimni kuchaytirishim kerak, - dedi Anjelino.

“Roma”futbolchilari “Atletiko”ga qarshi bo‘ladigan Evropa ligasining nimchorak final bosqichidagi birinchi uchrashuvini 6 martdan 7 martga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da “Olimpiko” stadionida o‘tkazadi.

Bu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 13 mart kuni Ispaniyaning Bilbao shahrida tashkil etiladi.

“Fayzullaevni qiynagan bosh murabbiy hali ishdan olinadi!”

“Siti” himoyasi Husanov zimmasiga o‘tdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
06/03/2025 08:34
Шома учун ажойиб Имкониятлар берилаяпти. Ромадаги такдирини узи яратиш учун . Атлетик билан буладиган ўйинда Ижобий натижа кайд этиши зора гол киритиши керак. Шунда ромадаги ўрни мустаҳкамланиши кафолати ошади