
Shomurodov eng qimmat futbolchilar qatorida!
Qaysi mamlakatda futbol qanday rivojlanayotganini o‘sha yurt futbolchilarining transfer summasidan ham bilib olsa bo‘ladi. Sobiq ittifoq hududidagi mamlakatlar orasida ham Evropa darajasida o‘ynay oladigan o‘yinchilar etishib chiqmoqda.
Xususan, ushbu hududdagi ayrim mamlakatlarning eng qimmatbaho o‘yinchilari kuchli beshlik chempionatlari qatoriga kiruvchi ligalarda to‘p tepmoqda.
Bugungi kunda eng qimmat futbolchi maqomini gruziyalik Xvicha Kvaratsxeliya egallab turibdi. “Napoli” vakilining bugungi kundagi narxi 60 million evroni tashkil qiladi.
Yaqinda “Chelsi”ga qabul qilingan ukrainalik Mixail Mudrikning transfer summasi 40 million evroga tenglashtirildi. Kuchli uchlikni Frantsiya chempionatida “Monako” sharafini himoya qilayotgan Rossiyalik Aleksandr Golovin yakunlab berdi. Iste’dodli futbolchi 22 million evroga baholanmoqda.
Kuchli beshlik chempionatlarining yana bir vakili – Eldor Shomurodov “Roma”da etarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani bois, transfer narxi teng yarmiga pasaydi. Eng baland summasi 14 million evro bo‘lgan legionerimizning bugungi transfer narxi 7 million evroga teng.
Endi yarim mavsum “Spetsiya”da o‘ynaydigan hujumchimiz bu ko‘rsatkich bilan beshinchi o‘rinda qayd etilgan.
Transfermarkt portalida qayd etilgan transfer narxlari asosida quyida sobiq ittifoq mamlakatlarining eng qimmat futbolchilari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Ro‘yxatga har bir mamlakatning bir nafar eng qimmat futbolchisi kiritilgan.
- Xvicha Kvaratsxeliya (Gruziya). "Napoli". Narxi - 60 mln evro
- Mixail Mudrik (Ukraina). "Chelsi". Narxi - 40 mln evro
- Aleksandr Golovin (Rossiya). "Monako". Narxi - 22 mln evro
- Eduard Spertsyan (Armaniston). "Krasnodar". Narxi - 9 mln evro
- Eldor Shomurodov (O‘zbekiston). "Spetsiya". Narxi - 7 mln evro
- Baxtier Zaynutdinov (Qozog‘iston). TsSKA. Narxi - 5 mln evro
- Oleg Ryabchuk (Moldova). "Olimpiakos". Narxi - 4 mln evro
- Raymonds Krollis (Latviya). "Spetsiya". Narxi - 2,5 mln evro
9-10. Vitaliy Lisakovich (Belarus). "Rubin". Narxi - 1,5 mln evro
9-10. Karl Xeyn (Estoniya). "Arsenal" U-21. Narxi - 1,5 mln evro
- Emin Mahmudov (Ozarbayjon). "Neftchi". Narxi - 1,4 mln evro
- Edgaras Utkus (Litva). "Serkl Bryugge". Narxi - 800 ming evro
13-14. Valeriy Kichin (Qirg‘iziston). "Enisey". Narxi - 750 ming evro
13-14. Parvizjon Umarboev (Tojikiston). “TsSKA – 1948”. Narxi - 750 ming evro
- Raxat Japarov (Turkmaniston). Erkin agent. Narxi - 250 ming evro
Ta’kidlash lozimki, Eldor Shomurodov mavsum oxirigacha "Spetsiya" vakili sifatida to‘p tepadi. Uning qayd etayotgan natijalariga qarab, transfer summasi ham o‘zgarib boradi.
"Roma" va "Spetsiya" o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, legionerimiz mavsum yakunlanishi bilan Rimga qaytib keladi. Mavsumdagi ko‘rsatkichlari tahlili asosida uning kelajakdagi faoliyati bo‘yicha yangi qaror qabul qilinadi.
Agent: O‘runovga avval 5 ming, keyin yuz minglab dollar to‘lashdi
“Roma” muxlislari Shomurodov haqida nimalar deganini bilasizmi?
Tezkor: Bobur Abduxoliqov Belarus chempioni, deb e’lon qilinishi kutilmoqda!
Igor Sergeev faoliyatini qaerda davom ettirishi hal bo‘ldi!
Shomurodovning “Spetsiya”dagi debyutini qachon ko‘ramiz?
O‘runovni pul “sindirdi”!
Fikrlar