
Sherzod Karimov: "Jarohatim yo‘q edi, Mo‘minjonov nega meni maydonga tushirmaganini bilmayman"
Mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" hamda "Yangier" jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Uchrashuvdan so‘ng farg‘onaliklar matbuot xizmati jamoaning tajribali yarim himoyachisi Sherzod Karimov bilan suhbat uyushtirdi.
— Bugungi uchrashuv haqida fikrlariningiz?
"Levchenko qo‘l ostida tayorgarlik jarayoni davom etmoqda, birinchi davra yakunlanib ta’tildan qaytganimizdan so‘ng asosiy urg‘u jismoniy tayorgarliklarga qaratilgan. Bugungi o‘yin futbolchilarga o‘z formalarini tiklab olish uchun yordam beradi deb o‘ylayman.
— Birinchi davra o‘yinlarida deyarli maydonga tushmadingiz bu jarohatlarga bog‘liqmi?
"Shaxsan men uchun mavsum avalida Antaliyadagi o‘quv-yig‘in jarayonlari a’lo darajada o‘tgan edi, lekin mavsum boshlangach, bosh murabbiy maydonga deyarli qo‘ymadi, to‘g‘risi nega tarkibda tushirmadi o‘zim ham bilmayman, jarohatim esa yo‘q edi.
— Jamoa birinchi davradan so‘ng quyi o‘rinlarda bormoqda, bu esa farg‘onalik bo‘lganingiz uchun ham sizda ikki karra bosimni keltirib chiqaradi. Bunga tayyormisiz?
"Ikkinchi davradaga tayorgarlik jadal olib borilmoqda, muxlislarni albatta xursand qilamiz, o‘zim “Neftchi”ga yoshlik davrlarimdan boshlab muxlislik qilaman, ikkinchidan farg‘onalik bo‘lganim uchun ham faoliyatimni “Neftchi”da yakunlash niyatim bor edi, klubning shonli tarixini albatta qaytarishga harakat qilamiz. Bundan tashqari, ikkinchi davradan qadrdon “Istiqlol” stadionida o‘ynaymiz, bu albatta bizni ham, muxlislarni ham quvontiradi. Muxlislardan stadionga kelib, “Neftchi”ni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab qolaman.
Fikrlar