Sher Mamazulunovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

K-1 bo‘yicha yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan vakili, MDH mamlakatlarida “Alligator” nomi bilan mashhur Sher Mamazulunovning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Xabaringiz bor, hamyurtimiz so‘ngi jangini Toshkentda “Toshkent Open” turniri doirasida o‘tkazgan va unga turkiyalik Batuxan Demir raqiblik qilgandi. Mamazulunov ushbu jangni muddatidan avval texnik nokaut bilan o‘z foydasiga hal qilgan.

Navbatdagi jangini Ekaterinburgda 6 mart kuni RCC promousheni tomonidan tashkil qilingan turnirda o‘tkazadi. Dastlab, u chexiyalik raqib bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq, bunga o‘zgartirish kiritildi va tez orada yangi raqibi ma’lum bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz Mavlud Tifiev ham ringga ko‘tariladi.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Rossiyalik jangchi o‘zbekistonlik raqibiga qarshi revanshdan bosh tortdi yoxud Mavlud Tifiev navbatdagi jangini o‘tkazadi (Video)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!