"Shaxmatchilarning bokschilardan nimasi kam?". Prezident chempionlarni qanday taqdirlamoqchi?

  • 10 avgust, 2022, 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Prezident Shavkat Mirziyoev 10 avgust kuni Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurdi. Bu erda prezident institut talabalari hamda jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbat davomida kecha Hindistonda o‘tkazilgan shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida gapirdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.

Tecno

«Shaxmatga oid 3 yilda uchta qaror qabul qildik. Nima uchun? Biz 20 yil davomida bu sohada kechikkanimiz uchun qarorlarni qabul qildim. 2026 yilgi shaxmat Olimpiadasiga endi barcha boshqacha tayyorgarlik ko‘radi. «Biz chempionlar yurtiga boryapmiz», deyishadi», — deydi prezident.

Shavkat Mirziyoev shaxmatchilarning ota-onalari bildirgan fikrlarini ko‘rib juda xursand bo‘lganini aytdi.

«Ularga katta mukofotlar bersak boshqalar uchun ham bu motivatsiya bo‘ladi. Hamma ota-onalar farzandlarini shaxmat to‘garaklariga berishni boshlasa kerak», — deydi prezident.

Davlat rahbari 5 avgust kuni imzolagan qaroriga binoan shaxmatchilarga 600 milliondan berilishini qo‘shimcha qildi.

«Shuningdek, ularga davlat mukofotlarini ham beramiz. Bundan tashqari, ularga avtomobil berishni ham rejalashtirdik. Axir ularning bokschilardan nimasi kam?», — deydi Shavkat Mirziyoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!