Shaxmat. Poytaxtimizda “XVII – Jahon chempioni Rustam Qosimjonov” xalqaro turniri start oldi (fotogalereya)

  • 8 iyul, 2024, 19:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Jahon shaxmat olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan va o‘zbek sporti tarixida zarhal xarflar bilan bitilgan “XVII – Jahon chempioni Rustam Qosimjonov” xalqaro turniri  boshlandi. Bugun poytaxtimizda joylashgan xalqaro shaxmat akademiyasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Tecno

Quvonarlisi, mazkur musobaqada dunyoning kuchli shaxmatchilari qatoridan o‘rin olgan  etakchi salohiyat egalari, grossmeysterlar - Nodirbek Abdusattorov, Jahon chempioni Rustam Qosimjonov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov, Jahongir Vohidov, shuningdek ruminiyalik Richard Rapport, ozarbayjonlik Shaxriyor Mamediyarov, rossiyalik Aleksandr Grishchuk, eronlik Parxam Maxsudillo kabi yulduzlar 9 tur davomida rapid yo‘nalishida g‘oliblik uchun dona surishadi.

Dasturga ko‘ra dunyo shaxmat etakchilari bugun aylanma tizimda 5 tur davomida o‘z maxoratlarini namoyish etsa, ertaga 4 ta tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi esa 50 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Quyida musobaqaning dastlabki kunidan olingan eng sara fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!