Shaxmat Olimpiadasini g‘alaba bilan boshladik!

  • 12 sentabr, 2024, 15:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Vengriyaning Budapesht shahri shaxmat olamining eng nufuzli musobaqasi 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda.

Tecno

Bu musobaqada O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindistonda o‘tkazilgan avvalgi musobaqada qo‘lga kiritilgan chempionlik unvonini himoya qiladi.

Butun dunyodan 200 ga yaqin davlat terma jamoalar erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Olimpiada ishtirokchilarining umumiy soni 630 nafar sportchini tashkil qilmoqda. Ulardan 246 nafar grossmeysterlardir.

Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadaning birinchi turida Trinidad va Tobago terma jamoasini 3,5:0,5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Birinchi taxtada o‘ynagan Nodirbek Abdusattorov  oq donalarda Joshua Jonsonni osonlik bilan mag‘lub etdi.

Oq donalarda o‘ynagan Shamsiddin Vohidov Kevin Kupidga qarshi bahsda hech qanday qiyinchilikka uchrashani yo‘q va terma jamoamiz hisobga g‘alaba keltirdi.

Grossmeyster Nodirbek Yoqubboev kutilmaganda Kuin Kabralis bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi. Hamyurtimiz qorada donalarda o‘ynab, raqibini taslim qila olmadi. Tajribali Jahongir Vohidov o‘z partiyasini g‘alaba bilan yakunlab, raqibi Rayan Xarperni dog‘da qoldirdi.

Xotin-qizlar musobaqasida terma jamoamiz vakillari Gaiti shaxmatchilarini 4:0 hisobida engishga muvaffq bo‘ldi.

Afruza Hamdamova Roza Beriline Sayneni, Nilufar Yoqubboeva Merisina Kadeauni, Umida Omonova Daveni Yonetni, Nodira Nodirjonova Kineberlie Dunatni mag‘lubiyatni tan olishga majbur qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Улаш Исломов Адашевич
12/09/2024 19:30
Омад ёр бўлсин сизга азиз шахматчилар.