Shahboz Umarov "Dinamo" (Kiev) darvozasiga ajoyib gol kiritdi (video)

  • 8 fevral, 2021, 15:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan Belarusning BATE jamoasi bugun ushbu yig‘in doirasida o‘zining birinchi nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Borisovliklarga Ukrainaning "Dinamo" klubi raqiblik qildi.

Tecno

"Mardan Sports Complex"da bo‘lib o‘tgan uchrashuv gollarga boy bo‘ldi va unda kievliklar 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, BATE safida hamyurtimiz Shahboz Umarov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 78-daqiqada jarima zarbasidan ajoyib gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!