Sergey Yuran hamyurtimiz Oston O‘runovning yoshi kichraytirilganini o‘zbekistonlik murabbiylardan eshitgan ekan

  • 15 dekabr, 2020, 22:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"SKA-Xabarovsk" klubi bosh murabbiyi Sergey Yuran "Spartak" yarim himoyachisi Oston O‘runov haqida aytgan gaplariga izoh berdi. Sport24 nashri murabbiy bilan bog‘lanib, hamyurtimiz haqida aytgan gapni qaysi manbalardan eshitganini bilishga urindi.

Tecno

- Buni bitta odam aytmagan. O‘zbekistonda tanish murabbiylar bor. Biz o‘zaro muloqot qilib turamiz. Ehtimol, ular ko‘p narsani bilar. Shu bilan birga aytish mumkinki, kecha men aniq bir raqamni aytmadim: 5 yoki 10 yosh katta, deb. Men shunchaki aytdim: futbol olamida shunday gap bor, ammo ular 100 foiz, deya olmayman.

Shunchaki, O‘runov "Spartak"ga o‘tganida, menga qo‘ng‘iroq qilib, "Eshit, u 19 yoshda emas. Bu O‘zbekistonga ma’lum", – deb aytishgan. Men aniqlik kiritdim: "Nima, yoshi kattami?". Ular "Ha, biroz kattaroq" deyishdi.

- Ushbu ma’lumot sizni quvontirdimi?

- Nega u uchun 2 mln evro to‘lashganini tushunmayapman. "Spartak" maktabida 19 yoshli tarbiyalanuvchilar yo‘qmi? O‘runov – yaxshi futbolchi, ammo "Spartak" darajasida emasligi aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!