Senegal o‘z tarixida ilk bor Afrika millatlar kubogida g‘alaba qozondi!

  • 7 fevral, 2022, 02:58
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Afrika Millatlar kubogi Senegal - Misr terma jamoalari o‘rtasidagi final bahsi yakuniga etdi. O‘yinning asosiy va qo‘shimcha daqiqalarida hisob ochilmadi. 

Penaltilar seriyasida senegalliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. 

Finalda mag‘lub bo‘lgan "fir’avnlar" ikkinchi o‘rinni egalladi, 3-o‘rin uchun bahsda g‘olib bo‘lgan Kamerun esa mazkur turnirning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!