
"Selta"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga Suares ham kiritildi. Messichi?
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugun La Liganing 13-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi bellashuv uchun qaydnomani e’lon qildi.
E’tiborlisi, jarohat olgan Luis Suares yana safga qaytdi va ushbu o‘yin qaydnomasidan joy oldi.
"Barselona": Ter Shtegen, Semedu, Pike, Rakitich, Buskets, Artur, Suares, Messi, Dembele, Netu, Lengle, Vage, Grizmann, Roberto, De Yong, Vidal, Umtiti, Firpo, Fati.
Ma’lumot uchun, "Barselona" - "Selta" bahsi bugun "Kamp Nou"da Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da start oladi.
Fikrlar