Saudiyaliklar mashhur futbolchidan voz kechdi. Chempionatdan nomi o‘chirildi!

  • 8 fevral, 21:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” jamoasi braziliyalik yulduz Roberto Firmino bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi.

Tecno

Goal.com saytining yozishicha, klub rahbariyati 33 yoshli hujumchini jamoa qaydnomasidan chiqargan va endi Firmino Saudiya Arabistoni chempionatida qatnasha olmaydi.

Hozircha, Roberto futbol o‘ynaydigan bo‘lsa, faqatgina Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishi mumkin xolos. “Al-Ahli” bu futbolchini kelajakdagi rejalaridan chiqardi.

Shayxlar Firminoni qishki transferlar oynasi davrida sotib yubormoqchi bo‘ldi. Lekin katta maosh olayotgan o‘yinchi klubdan ketishdan bosh tortdi.

2023 yilning yozida “Al-Ahli” safiga qo‘shilgan Roberto Firminoning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!