"Sassuolo" futbolchisi bu mavsum hech kim qila olmagan ishni uddaladi

  • 14 fevral, 2022, 03:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sassuolo" Italiya chempionati 25-turida "Roma"ni o‘z maydonida qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 

Mezbonlar yarim himoyachisi Dominiko Berardi ikkinchi bo‘limda Hamed Traorega golli uzatma amalga oshirdi. 

Shu tariqa, 27 yoshli pleymeyker joriy mavsum A Seriyadagi assistlari sonini 10 taga etkazib qo‘ydi. Shuningdek, uning hisobida 10 ta gol ham mavjud. 

Qizig‘i, Berardi bu mavsum "kuchli beshlik" chempionatlari doirasida gol+pass tizimida 10+10 ochko to‘plagan birinchi futbolchiga aylanib olmoqda.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!