
Sarrining "Yuventus"dagi kursisi qimirlab qoldi
"Yuventus" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini iste’foga chiqarmoqchi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar Sarrining ishidan qoniqish xosil qilishmayapti. Agar "Yuventus" A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan "Latsio"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lsa, Mauritsio ishdan ketadi.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” - “Latsio” bahsi 20 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar