“Santos” Neymarni yanada boy qiladi

  • 9 noyabr, 2024, 13:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol” hujumchisi Neymar faoliyatini Braziliyada davom ettirishi mumkin. Ayni paytda 32 yoshli forvard kelajagi borasida bir qarorga kelgani aytilmoqda. 

Tecno

Saudiyaliklar ko‘p jarohat olayotgan o‘yinchi bilan amaldagi shartnomani yanvarda bekor qilish ustida ish boshlagan. Neymar ham Osiyo futboliga moslaga olmadi va klubdan ketishga qarshi emas. 

Neymarni tarbiyalagan “Santos” hujumchini transferga ko‘ndirganini ma’lum qildi. 

UOL nashrining yozishicha, “Santos” o‘zi tarbiyalagan hujumchiga odatdagidan ko‘ra ko‘proq mablag‘ to‘lashni kafolatlayapti. Bundan tashqari, klub Neymarga tijoriy faoliyatdan keladigan daromadlardan ham ulush ajaratishga qaror qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!