
Sanches "Yuventus"ga o‘tishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi "Manchester Yunayted" forvardi Aleksis Sanchesni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “keksa sinora” sport direktori Fabio Paratichi chililik futbolchining agenti Fernando Felitsevich bilan uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq MYu Sanchesni sotib oladigan yoki ijaraga oladigan jamoaga uning teng yarim maoshini to‘lab berishga ham tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Qayd etish lozimki, uning yillik maoshi 29 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli Sanches joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar