
Saloh dunyo rahbarlariga murojaat qildi
"Liverpul" ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh dunyo rahbarlarini Falastin va Isroil o‘rtasidagi qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqirdi.
“Men butun dunyo rahbarlarini, shu jumladan so‘nggi to‘rt yil ichida mening uyimga aylangan mamlakat (Buyuk Britaniya) Bosh vazirini zo‘ravonlik va begunoh odamlarning o‘limiga barham berish uchun qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilishga chaqiraman”, - dedi Saloh.
So‘nggi kunlarda ikki mamlakat bir-biriga ko‘plab raketa zarbalarini berishdi. O‘nlab odamlar vafot etgani haqida xabarlar bor.
28 yoshli Saloh joriy mavsum “Liverpul” safida jami 45 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga jami 26 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar