
Saidyoqub Qahramonov Combat Karate bo‘yicha 2-jangini o‘tkazdi
Hamyurtimiz, sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qahramonov Combat Karate bo‘yicha navbatdagi jangini o‘tkazdi.
U braziliyalik Pyotr Kaballeroga qarshi jang o‘tkazdi. Quvonarlisi u to‘liq 3 raund davom etgan jangda katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. U bu yo‘nalishda 2- jangini o‘tkazdi. Birinchi jangda raqibini nokautga uchratgandi.
Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimizning professional MMAdagi rekordi 11-3 ko‘rinish olgan.
Fikrlar