Sadio Mane va Muhammad Saloh ham “Liverpul”ni tark etadi

  • 31 may, 2020, 07:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”da porlagan mashhur yarim himoyachi Jon Bars jamoa etakchilari Sadio Mane va Muhammad Salohning ketishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

- Hamma o‘z futbolchilarini sotadi. Zamonaviy futbolning qoidasi shu. Misol uchun, “Barselona” Neymar bilan xayrlashdi. Hozir futbolchilar uchun maosh birinchi o‘rinda. Har qanday o‘yinchi, hatto Mane bilan Saloh ham  haftasiga 1 million funt maosh va’da qilinsa, transferga rozi bo‘ladi. Bunda jamoaning mavqei va darajasining ahamiyati yo‘q.

“Liverpul”ni ham  o‘z vaqtida Fernando Torres, Luis Suares, Filippe Koutino kabi fantastik futbolchilar tark etgan. O‘yinchilar kelib ketaveradi. Shuning uchun men muxlislarga alohida shaxslarni emas, jamoani qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qilaman, - dedi Barns.

Muhammad Salohga zo‘r yordamchi keladi

“Liverpul” chempionligi tan olindi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!