Sadio Mane APLda mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 13 aprel, 2019, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasida o‘tgan mart oyining eng yaxshi futbolchisi nomi e’lon qilindi.

Tecno

Tashkilot rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra "Liverpul" vingeri Sadio Mane barchadan ko‘p ovoz to‘plagan holda ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash kerakki, nomzodlar orasida shuningdek Sheymus Koulmen ("Everton"), Endryu Robertson ("Liverpul"), Bernardu Silva ("Manchester Siti"), Jeymi Vardi ("Lester") va Jeyms Uord-Prous ("Sautgempton") kabi futbolchilar ham bor edi.

Eslatib o‘tamiz, Mane o‘tgan mart oyida APLda jami 4ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3ta gol hasda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдулхамид Каримов
14/04/2019 23:22
Мане-мусулмонларни кучини курсатиб куй!