Sabina Sharipova yakkalikda chorak, juftlikda yarim finalga chiqdi!

  • 11 fevral, 2021, 14:01
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida yurtimiz sharafini himoya qilib kelayotgan Sabina Sharipova Qozoqistondagi turnirda ishtirok etmoqda.

Tecno

Vakilamiz bugun nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan bellashuvda ukrainalik Lyubov Kostenkodan ustun kelib, o‘z yurishini muvaffaqiyatli davom ettirishga erishdi. Endi Sharipovaga chorak finalda mezbonlar vakilasi Jibek Kulambaeva raqibalik qiladi.

Ma’lumot uchun, Sabina Sharipova yakkalikda 1-tartib raqam ostida saralangan.

Juftlik bahslarida esa rossiyalik Ekaterina Kazionova bilan tandem hosil qilgan vakilamiz chorak finalda slovakiyalik tennischilar juftligini mag‘lubiyatga uchratdi. 3 set davom etgan uchrashuv 4:6, 6:1, 10:5 hisobi bilan yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!