Sabina Sharipova ertaga Xitoyda o‘ynaydi

  • 12 mart, 2019, 17:04
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Xitoyning Shenchjen shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida "Pingshan Open" turniri o‘tkazilmoqda.

Tecno

Sovrin jamg‘armasi  60,000 AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova ishtirok etmoqda.

Turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan Sabina yakkalik bahslari birinchi davrasida mezbonlar vakili Mi Ksu Vuga qarshi kortga chiqadi. Ushbu uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan 08:30da o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!