"Rubin" O‘runov transferidan voz kechmoqchi

  • 16 dekabr, 2020, 16:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiya chempionati vakili "Senan Bellmare" yarim himoyachisi Mitsuka Sayto faoliyatini "Rubin"da davom ettiradigan bo‘ldi. Qozonliklar 21 yoshli futbolchini bir yarim yilga ijaraga oldi. Ta’kidlanishicha, tomonlar imzolagan shartnomada futbolchining to‘laqonli transferi bir million evro qilib belgilangan.

Tecno

Qozonliklar rahbariyati 21 yoshli futbolchining ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishgani ortidan o‘zbekistonlik Oston O‘runov variantidan voz kechmoqchi.  "Biznes Onlayn" nashri ma’lumotiga ko‘ra, Saytoning maoshi O‘runovnikidan sezilarli darajada pastroq, shuningdek Ostonnig transferi "Rubin"ga yaponiyalik futbolchinikidan qimmatroqqa tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli hamyurtimiz xizmatlariga Qozon klubidan tashqari uning sobiq klubi "Ufa" ham qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!