Ro‘ziqul Berdiev: "Yaxshi jamoani mag‘lubiyatga uchratdik"

  • 18 may, 15:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi.

Tecno

- Biz yaxshi jamoani mag‘lubiyatga uchratdik. Bu jamoani bir necha bor o‘yinini ko‘rdik. Ancha kurashuvchan jamoaligiga amin bo‘lib, ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. “Qo‘qon-1912” jamoasining keskin o‘yiniga tayyor bo‘lishimiz kerak edi. Ular uzun paslar bilan yaxshi harakat qiladi. Biz esa shu jihatlariga ham e’tiborli bo‘lishimiz kerak edi va shunday ham bo‘ldi. Hisobda oldinga o‘tib, natijani nazorat qilib turdik. Bugungi o‘yinda futbolchilarimiz raqibga qaraganda ancha mahoratli edi. Buni amalda ham ko‘rsatishdi.

- Rubin Xebay jamoaga kirishib keta olmayotgandek ko‘rinyapti. “Andijon”dagi o‘yinini ko‘rsata olmayapti.

- “Andijon” bilan “Nasaf” jamoalarini talabalari boshqacharoq. Bizga yangi kelgan va talablarimizga ko‘nikishi kerak. Bilasizlar, ko‘p jarohatlar oldi. O‘yinga kirishib keta olmagani uchun Xusayn Norchaevni ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdik. Bu bilan hujumda keskinligimizni oshirdik.

- Sherzod Nasrullaevni betob deb eshitdik. Keyingi OKMK bilan o‘yinda maydonga qaytadimi?

- Umid qilamiz, keyingi uchrashuvlarga tayyor bo‘ladi. Betobligi uchun o‘tgan o‘yinda ham o‘ynamadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!