Ro‘ziqul Berdiev: "Yagona xato hammasini o‘zgartirib yubordi"

  • 16 aprel, 2022, 03:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al-Faysali" uchrashuvida vakillarimiz 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

Bitta xatomiz mag‘lubiyatga olib keldi, shu xato rejamizni buzdi. Reja bo‘yicha birinchi bo‘limni ehtiyotkor o‘ynab, darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishimiz kerak edi. Ammo shu yagona noto‘g‘ri harakat hammasini o‘zgartirib yubordi.

Biz raqibdan jismoniy tomonlama kuchliroq edik. Buni uchrashuvda ham ko‘rsata oldik. Lekin ba’zi vaziyatlarda raqib darvozaboni yaxshi harakat qildi, ba’zida omad ochiqchasiga yuz o‘girdi.

Bu jamoa gol urib olib, keyin tartibli o‘yin namoyish etadi. Shu orqali, tempni tushirib bahsni yutib ketadi. Ayrim holatlarda jamoa yotib olib vaqt cho‘zdi. Biroq ular g‘alaba qozondi, bu bilan faqat raqibni tabriklash kerak.

Biz bu jamoa bilan o‘ynab ko‘rdik va keyingi bellashuvda boshqacha harakat qilamiz. Umuman, guruhimizdagi raqiblarning kuchini bilamiz. Yigitlarga ham aytdim. Hamma klub bilan o‘ynay olamiz.

Kecha siz "Al Faysalining kuchli va kuchsiz tomonlarini bilaman", - degan edingiz. Uchrashuvdan keyin qanday fikrga keldingiz?

O‘ylaymanki, "Al-Faysali"ning uslubi o‘zgarmaydi, yana shu usulda o‘ynaydi. Ularda Tavares bor va jamoadagilar unga uzun paslar uzatish orqali o‘yinni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!